0306

Qulaylik

Har bir kun yanada yoqimli

Maktab, xaridlar, sport va sokin hovli — kvartal hududida. Fazl Makon shoshilmasdan, qulay va xotirjam yashash uchun yaratilgan maskan.

Fazl Makon hovlisidagi bogʻ: skameyka, gullar va gʻishtli fasadlar

Kvartaldagi bir kun

07:30Tong

Maktab uyingiz yonida

Xususiy maktab va bolalar bogʻchasi kvartal hududida. Yorugʻ va keng xonalar, zamonaviy sinfxonalar va obodonlashtirilgan hovlilar: ilk kashfiyotlardan — katta bilimlar sari.

  • Xususiy maktab
  • Bolalar bogʻchasi
  • Bolalar maydonchalari
Soat minorali maktab binosi
13:00Kunduzi

Xaridlar, tushlik va kino — yoningizda

Kvartalning tashqi chetidagi savdo va koʻngilochar markaz: kundalik ehtiyojlar va sevimli brendlar, nonushtadan oilaviy kechki ovqatgacha qahvaxona va restoranlar, kino va bolalar oʻyin xonasi.

  • Doʻkonlar
  • Qahvaxonalar va fud-kort
  • Kino va bolalar xonasi
Kvartal doʻkonlari yonida aholi
18:30Kechqurun

Sport — oʻz surʼatingizda

Zamonaviy jihozlangan fitnes zali, futbol va padel, sayr yoʻlaklari. Har kim oʻziga qulay surʼatda shugʻullanadi — uyga esa bir necha daqiqada qaytadi.

  • Fitnes zali
  • Futbol va padel
  • Sayr yoʻlaklari
Yashillikka qaragan yorugʻ fitnes zali
21:00Oqshom

Kun sekinlashadigan hovli

Hovlidagi dam olish zonasi: qulay mebellar, yashillik va mayin yorugʻlik. Qoʻshnilar bilan bir piyola choy ustida suhbat va kitob bilan sokin oqshom uchun joy.

  • Dam olish zonasi
  • Pergola va bogʻ
  • Sokin yoʻlaklar
Kechqurun hovlidagi dam olish zonasi

Va doimo — xotirjam

Yopiq hudud

Kirish nazorat qilinadi.

Videokuzatuv

Siz va yaqinlaringiz uchun xotirjamlik.

Har bir uyda lift

Toʻrt qavatli boʻlsa ham.

Avtoturargoh

Yashovchilar va mehmonlar uchun.

Savdo ofisi

Hovlida hozircha yurib boʻlmaydi — lekin koʻrish mumkin

Savdo ofisida — kvartal maketi, gʻisht va tosh namunalari hamda shourum. Oldindan kelishmasdan ham kelaverishingiz mumkin, kunni aytsangiz — menejer rejalarni oldindan tayyorlab qoʻyadi.

  • Kvartal maketi
  • Material namunalari
  • Shourum
Qachon kelishingiz qulay?
Siz bilan qanday bogʻlanaylik?

Ish vaqtida qoʻngʻiroq qilamiz — har kuni 9:00 dan 19:00 gacha

Tugmani bosish orqali siz bogʻlanish uchun maʼlumotlaringiz qayta ishlanishiga rozilik bildirasiz. Raqamingizni uchinchi shaxslarga bermaymiz va reklama xabarlari yubormaymiz. Maxfiylik siyosati.